“Mening maktabim” doirasida loyiha kiritish bosqichi yakunlanishiga 1 kun qoldi
2024-12-26 18:10:00 / Vazirlik yangiliklari
“Mening maktabim” loyihasi doirasida loyiha kiritish bosqichi ertaga, 27-dekabr kuni soat 18:00 da yakunlanadi. Mazkur loyiha 14 ta tumandagi 612 ta maktabda sinov tariqasida o‘tkazilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, loyiha kiritish bosqichida 5-sinfdan 11-sinfgacha bo‘lgan har bir o‘quvchi faqatgina o‘zi ta’lim olayotgan umumta’lim maktablarini jihozlash yoki qurilish-ta’mirlash ishlarini amalga oshirishga doir loyihalarni ilgari surishi mumkin.
O‘quvchilar quyidagi usullardan foydalangan holda o‘z loyihalarini ilgari surishlari mumkin:
avtomatik tarzda — loyiha namunalari orasidan o‘ziga yoqqan loyihani tanlash orqali;
mustaqil ravishda — taqdim etilgan loyiha namunalari orasida mavjud bo‘lmagan loyihalarni yangidan shakllantirish orqali.
“Ochiq budjet” portali orqali o‘z maktabingiz uchun tashabbus ko‘rsatishda faol bo‘ling!