O‘zbekistonda 2025–2030-yillarga mo‘ljallangan davlat moliyasini boshqarish tizimini takomillashtirish strategiyasini ishlab chiqish yuzasidan dastlabki muhokamalar amalga oshirildi
2024-07-15 17:30:00 / Vazirlik yangiliklari

Jumladan, uchrashuvda asosiy e’tibor kelgusi davr uchun davlat moliyasini boshqarish tizimini isloh qilish bo‘yicha harakatlar rejasining tuzilishi va mazkur Strategiyaning tarkibi loyihasini muhokama qilishga qaratildi.
Uchrashuvda navbatdagi Strategiya “2020–2024-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat moliyasini boshqarish tizimini takomillashtirish strategiyasi”da belgilangan chora-tadbirlarning amalga oshirilish holatini har tomonlama tahlil qilgan holda hamda ulardan kelib chiqib, xalqaro ekspertlarning tavsiyalari asosida ishlab chiqilishi alohida qayd etildi.
Budjet kalendarini qayta ko‘rib chiqish, budjet jarayonini raqamlashtirish bo‘yicha boshlangan ishlarni davom ettirish, dasturiy, yashil va gender budjetlashtirish yuzasidan islohotlarning keyingi bosqichlarini belgilab olish, ichki auditni takomillashtirish va buxgalteriya hisobini xalqaro standartlarga (IPSAS) moslashtirish jarayonini jadallashtirish chora-tadbirlarini yangi ishlab chiqiladigan Strategiyada aks ettirish hozirgi kunda ustuvor hisoblangan islohotlar ekani ta’kidlab o‘tildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar Strategiya loyihasini belgilangan muddatlarda ishlab chiqib tasdiqlanishini ta’minlash maqsadida vazirlikning tegishli tarmoq departamentlari hamda vazirlik va idoralar bilan uchrashuvlar o‘tkazishga kelishib oldilar.
“O‘zbekistonda 2025–2030-yillarga mo‘ljallangan davlat moliyasini boshqarish tizimini takomillashtirish strategiyasi”ni ishlab chiqish yuzasidan XVJning missiyasi o‘z faoliyatini 22-iyulga qadar davom ettiradi hamda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot beriladi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Axborot xizmati