Jizzax viloyati IIBda sektor rahbarlari afv etilgan fuqarolar bilan muloqot qilishdi
2024-04-19 11:35:00 / Yangiliklar
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining shu yil 8-apreldagi «Ozodlikdan mahrum etish jazosini oʻtayotgan, qilmishiga chin koʻngildan pushaymon boʻlgan va tuzalish yoʻliga qatʼiy oʻtgan bir guruh shaxslarni afv etish toʻgʻrisida»gi Farmoni asosida 16 nafar jizzaxlik fuqaro ozodlikka chiqdi.
Jizzax viloyati IIBda viloyat sektorlar rahbarlari ushbu fuqarolar bilan muloqot qilishdi. Tadbirda huquqni muhofaza qiluvchi organlar, bandlik, sogʻliqni saqlash tashkilotlari vakillari qatnashishdi. Uchrashuv davomida chiqarilgan farmon xalqimizga xos ezgulik, bagʻrikenglik, insonparvarlik, mehr-oqibat va kechirimli boʻlish kabi olijanob fazilatlarning yorqin ifodasi ekanligi qayd etilib, ularning muammolari oʻrganildi.
Jazoni ijro etish muassasalaridan qaytgan hamda IIO probatsiya guruhlari nazoratida ozodlikni cheklash jazosini oʻtab qaytgan shaxslarga moddiy yordam koʻrsatish, tadbirkorlik loyihalarini amalga oshirishga oid masalalarni hal etish yuzasidan zarur choralar belgilandi.
Jizzax viloyati IIB Axborot xizmati