Toshkent shahar Olmazor tumani 3-sektor tomonidan yoshlar muammolarini oʻrganish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida
2024-04-10 19:00:00 / Yangiliklar
Joriy yilning 29-fevral kuni “Yoshlar ijodiyoti” saroyida Toshkent shahar IIBB boshligʻi raisligida “2024-yil – Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili” davlat dasturi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan yoshlar bilan ishlashning yangicha tizimi boʻyicha berilgan topshiriqlar ijrosiga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazilgan edi. Majlis davomida berilgan koʻrsatmalarga asosan Olmazor tumani “Namuna” mahallasida qator ishlar amalga oshirildi.
Jumladan, yoshlar muammolarini oʻrganish va ularga amaliy yordam koʻrsatish maqsadida Toshkent shahar ichki ishlar organlarining masʼul rahbarlardan iborat masʼullar belgilandi. Masalan, mahalla hududidagi koʻchalar taqsimlanganda “Anhor” va “Chuvalachi” koʻchalaridagi 58 ta xonadonlarda istiqomat qiluvchi yoshlari Bosh boshqarma Xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari polkovnik D.M.Ergashevga biriktirildi.
Oʻtkazilgan xatlov natijasida ushbu koʻchalarda 154 nafar yoshlar istiqomat qilishi maʼlum boʻldi, ular 7 toifaga ajratildi. Unga koʻra 3 nafar ogʻir toifadagi, 1 nafar ishsiz va qolganlari yashil toifada boʻlgan yoshlar roʻyxati shakllantirildi.
“Anhor” va “Chuvalachi” koʻchalari yoshlar bilan manzilli ishlash maqsadida ular istiqomat qiladigan xonadonlar boʻyicha uyma-uy yurilib, tushuntirish ishlari olib borildi. D.M.Ergashevning tashrif qogʻozlari tarqatildi. Shu bilan birga, telegram ijtimoiy tarmogʻida yoshlar bilan doimiy aloqada boʻlib, ularni qiziqtirayotgan savollariga javob berish va amaliy yordam koʻrsatish maqsadida anhorchuvalachiyoshlari guruhi tashkil etildi.
Bundan tashqari, bir necha marotaba “Anhor” va “Chuvalachi” koʻchalari yoshlari bilan uchrashuvlar tashkil qilinib, ularni qiynayotgan muammolar oʻrganildi. Oʻtkazilgan uchrashuvlar natijasida, bugungi kunda taʼlim olish, sogʻliqni tiklash va boshqa masalalarda kamchiliklari yoshlarning roʻyxati shakllantirildi.
Shu bilan birga, Oʻzbekiston Musulmonlari idorasi huzuridagi “VAQF” xayriya jamoat fondi tomonidan “Namuna” MFYda istiqomat qiluvchi ijtimoiy himoyaga muhtoj va kam taʼminlangan xonadonlarga oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.
Shu bilan birga “Anhor” va “Chuvalachi” koʻchalarida istiqomat qiluvchi xorijiy tillarni oʻrganish istagidagi yoshlar roʻyxati shakllantirildi. Ular uchun Toshkent shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazi bilan hamkorlikda oʻquv mashgʻulotlarini tashkil etish, shuningdek, mahalladagi sportga qiziquvchi yoshlar uchun, xususan, sportning futbol va voleybol turlari boʻyicha murabbiylarini jalb qilgan holda mahalladagi
22-son umumtaʼlim maktabi sport maydonida mashgʻulotlar tashkil etish rejalashtirilmoqda.
Toshkent shahar IIBB Axborot xizmati