Samarqand shahrida «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida manzarali daraxt koʻchatlari ekildi
2024-04-08 18:50:00 / Yangiliklar
Mamlakatimizda ekologiya tizimini barqarorlashtirish, atrof-muhitni muhofaza qilish va koʻkalamzorlashtirish bugungi kunda eng dolzarb masalalardan biridir. Bu borada prezidentimizning koʻplab qaror va farmonlari, davlat dasturlari qabul qilindi.
Samarqand shahar boʻyicha IIO FMB tashabbusi bilan shahardagi barcha mahallalarda 5000 tup turli xil manzarali koʻchatlar ekildi.
Unda IIO FMB rahbariyati, soha xizmat rahbarlari, boshqarma shaxsiy tarkibi ishtirok etishdi.
Bu boradagi ishlar izchil davom etmoqda.
Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati