Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida navbatdagi oʻquv kurslari boshlandi
2024-04-02 09:35:00 / Yangiliklar

Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida Ichki ishlar organlarida uzluksiz oʻquv-karyera jarayoni tizimi asosida kadrlarni tayyorlash boʻyicha «podpolkovnik» maxsus unvonini berish uchun navbatdagi maxsus malaka oshirish hamda safdor va serjant xodimlarni ofitserlik lavozimlariga tayinlash uchun qayta tayyorlov boʻyicha navbatdagi oʻquv kurslari boshlandi.
Oʻquv kurslarining dastlabki kunida tinglovchilar bilan yoʻriqnoma oʻtkazildi. Yoʻriqnomada tinglovchilarga oʻquv jarayonidagi asosiy vazifalari, burch va majburiyatlari, Institut hududida mavjud tartib-intizom, yurish-turish, formali kiyim-bosh kiyish tartibi va odob-axloq qoidalariga doimiy ravishda rioya qilishlari lozimligi tushuntirildi.
IIV Malaka oshirish instituti Matbuot xizmati