Surxondaryo viloyati IIBda «Xodimbay» ishlash jarayoni elektron tizimga oʻtkazildi
2024-03-29 15:10:00 / Yangiliklar
Oʻzbekiston Respublikasi IIVning 2023-yil 30-apreldagi «Ichki ishlar organlarida xizmat intizomiga rioya etilishini taʼminlashga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish toʻgʻrisida»gi tegishli buyrugʻining mazmun-mohiyati va «Xodimbay» ishlash tizimi boʻyicha amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlarni tashkillashtirish maqsadida joriy yilning 28-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash departamentining masʼul xodimi ishtirokida viloyat IIB sohaviy xizmatlarining Maʼnaviy-maʼrifiy ishlarga masʼullari, shahar, tuman IIB boshliqlarining Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosarlari hamda kadrlar bilan taʼminlash guruhi katta inspektorlari uchun oʻquv mashgʻuloti tashkil etildi.
Uchrashuvda vazirlik Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash departamenti masʼul xodimi tomonidan «Xodimbay» ishlash tizimi yanada takomillashtirish maqsadida yaratilgan elektron tizim haqida prezentatsiya qilish orqali batafsil maʼlumot berib oʻtdi.
Shundan soʻng barcha masʼullarga ushbu elektron tizimdan foydalanishlari uchun boshqarma rahbariyati tomonidan planshetlar topshirildi.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati