Samarqand viloyati IIB binosida boshqarma boshligʻi polkovnik Rahmat Mamatovning fuqarolar uchun navbatdagi qabuli oʻtkazildi
2024-03-13 11:00:00 / Yangiliklar

Qabul davomida 18 nafar fuqaroning 22 ta turli masalalardagi murojaatlari koʻrib chiqildi.
Murojaatchilardan tegishli tartibda arizalar qabul qilinib, huquqiy maslahatlar berildi.
Qoʻshimcha oʻrganish talab etiladigan murojaatlar yuzasidan sohaviy xizmat rahbarlariga zaruriy koʻrsatma va topshiriqlar berilib, ijrosi alohida nazoratga olindi.
Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati