Namangan viloyati IIB tomonidan "8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan bayram tadbiri oʻtkazildi
2024-03-08 09:50:00 / Yangiliklar
"8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni” bayrami munosabati bilan butun mamlakatimizda boʻlgani kabi Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasida xizmat qilib kelayotgan ayollar uchun ham bayram tadbiri tashkil etildi. “Shodiyona” majmuasida boʻlib oʻtgan bayram tadbirida Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi polkovnik Shuxrat Aliyev Ichki ishlar vazirining bayram tabrigini oʻqib eshittirdi.
Shundan soʻng bayram munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi IIV va viloyat IIBning buyruqlari asosida mukofotlangan xodimlarga mukofotlar tantanali ravishda topshirildi.
Bundan tashqari, barcha tadbirga taklif etilgan ayollarga viloyat Ichki ishlar boshqarmasining esdalik sovgʻalari taqdim etildi.
Tadbir davomida yurtimizning taniqli xonandalari tomonidan kuylangan kuy-qoʻshiqlar barcha ayollarga koʻtarinkilik baxsh etdi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati