Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari general-mayor B.Yu.Mirzaraximov tomonidan Sirdaryo viloyati Guliston shahrida tungi xizmatni olib borayotgan xodimlarning faoliyati oʻrganildi
2024-03-07 13:00:00 / Yangiliklar
Sirdaryo viloyati Guliston shahrining tungi xizmatga jalb qilingan xodimlarning faoliyatini oʻrganish davomida, navbatchilik qismi, kuzatuv kameralari tekshirilib, navbatchilik xizmati tomonidan tuman hududidagi kriminogen vaziyatni nazorat qilish, jinoyat va hodisalar toʻgʻrisida kelib tushgan xabarlar yuzasidan koʻrilgan tezkor chora-tadbirlar boʻyicha xodimlarning harakatlari tekshirilib, ularga qoʻshimcha yoʻriqnoma berilib, bundan tashqari, aholi murojaatlarini qabul qilish va koʻrib chiqilishi boʻyicha tizimga kelib tushayotgan xabarlarni tezkorlik bilan qabul qilinishi va tegishli xizmat xodimlarining voqea joyiga oʻz vaqtida yetib borishi toʻliq oʻrganildi.
Guliston shahar markaziy xiyobonida xizmat olib borayotgan milliy gvardiya va PPX xodimlari boʻlgan mobil guruhi tomonidan tashkil etilgan tungi xizmati koʻzdan kechirilib, xodimlarga xizmatni hushyorlik va ogohlik bilan tashkil etish, fuqarolar bilan xushmuomala boʻlish hamda jamoat xavfsizligini taʼminlash yuzasidan qoʻshimcha yoʻriqnoma berildi.
IIV Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamenti Axborot guruhi