Toshkent shahar IIBBda navbatdagi fuqarolar qabuli
2024-02-26 11:45:00 / Yangiliklar
Soʻnggi yillarda mamlakatimizda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish orqali inson huquqlari va erkinliklari, uning qonuniy manfaatlarini himoya qilish muhim ustuvor yoʻnalishlardan biriga aylandi.
Toshkent shahar IIBB rahbariyati tomonidan navbatdagi fuqarolar qabullari tashkil etilib, unda 54 nafar fuqarolarning muammolari tinglandi.
Qabulga kelgan har bir fuqaroning murojaati toʻliq va xolisona oʻrganilib, aksariyat murojaatlar joyida hal etilayotgan boʻlsa, koʻrib chiqish uchun qabul qilingan murojaatlar alohida nazoratga olinmoqda.
Tahlillar qabul jarayonlarida kelib tushgan murojaatlarning asosiy qismini moddiy taʼminot, bandlik, tergov va surishtiruvga oid masalalar tashkil etishini koʻrsatmoqda.
Rahbariyat tomonidan har bir murojaatni toʻliq oʻrganib chiqish hamda natijasi boʻyicha oʻz vaqtida qonuniy qaror qabul qilish yuzasidan masʼul xodimlarga va hududlardagi mutasaddi rahbarlarga tegishli koʻrsatmalar berildi.
Toshkent shahar IIBB Axborot xizmati