IIV Jamoat tartibini saqlash xizmati boshligʻi boshchiligidagi ishchi guruhi tomonidan Xorazm viloyatida bir qator ishlar amalga oshirildi
2024-02-16 13:55:00 / Yangiliklar

Oʻzbekiston Respublikasi IIV JXD JTSX boshligʻi polkovnik Sh. Ibragimov tomonidan Xorazm viloyati IIB JXX JTSB hamda uning quyi tizimlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusida rejalashtirilgan chora-tadbirlar taqdimoti bilan tanishdi.
Shuningdek, shahar-tuman IIB boshliqlarining jamoat tartibini saqlash boʻyicha oʻrinbosarlari-jamoat xavfsizligi xizmati boshliqlari hamda jamoat tartibini saqlash guruhi katta inspektorlari bilan yigʻilish oʻtkazib, kelgusida amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlar yuzasidan aniq topshiriqlar berdi.
Oʻzbekiston Respublikasi IIV JXD JTSX boshligʻi polkovnik Sh. Ibragimov tashabbusi bilan Xorazm viloyati Urganch shahrida “Xavfsiz tun” profilaktik tadbiri tashkil etilib, “J. Manguberdi” xiyobonida xizmatga jalb qilingan xodimlarga amalga oshirilishi lozim boʻlgan vazifalar boʻyicha yoʻriqnoma oʻtkazildi.
Yoʻriqnoma davomida oʻz xizmat vazifalariga sidqidildan yondashib, viloyat hududida jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini taʼminlash, jinoyatchilikni oldini olish va unga qarshi kurashishda, epidemik-epizootik barqarorlikni taʼminlashda oʻzlarining munosib hissasini qoʻshib kelayotgan JTSB xodimlari pul mukofoti bilan taqdirlandilar.
“Xavfsiz tun” tadbiri doirasida 4 ta “Hamkor” guruhlari faoliyati ham yoʻlga qoʻyilib, ularning xizmat faoliyatlari oʻrganilgan holda qoʻshimcha yoʻriqnoma va koʻrsatmalar berildi.
Shuningdek, polkovnik Sh. Ibragimov tomonidan mastlik holatida boʻlgan shaxslarni vaqtinchalik saqlash uchun moʻljallangan tibbiy hushyorxonada yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishib, sohada uchrayotgan muammo va kamchiliklar oʻrganildi.
Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati