Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Jamoat tartibini saqlash xizmati boshlig‘i polkovnik Sh.Sh.Ibragimov boshchiligidagi ishchi guruh Xorazm viloyatida o‘rganishlar boshladi
2024-02-15 21:00:00 / Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi IIV JXD JTSX boshlig‘i polkovnik Sh.Sh.Ibragimov tomonidan Xorazm viloyati Xazorasp tumani IIB tomonidan jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish borasida olib borilayotgan ishlar o‘rganildi va tumanning “Al-Xorazmiy” mahallasida “Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” munosabati bilan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda hamkor tashkilotlar bilan o‘tkazilayotgan yo‘riqnomada qatnashib mahallada jinoyatlarni barvaqt oldini olish va jamoatchilik bilan mahallada olib boriladigan profilaktik tadbirlar borasida tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, xodimlarning ish sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha profilaktika inspektorlariga kompyuter jamlanmalari tarqatildi.
Bundan tashqari polkovnik Sh.Sh.Ibragimov tomonidan tuman IIBda mavjud maxsus muassasalar faoliyati xam o‘rganilib tegishli taklif va tavsiyalar berildi.
Shu bilan birga “Xavfsiz shahar” konsepsiyasi asosida tuman hududida jinoyatchilikni oldini olish bo‘yicha raqamlashtirish, ko‘cha va jamoat joylarida mavjud videokuzatuv moslamalarini integratsiya qilish borasida 5-son huquq tartibot maskanida tashkil etilgan “Vaziyatlar markazi” bilan tanishdi.
Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati