Ichki ishlar vazirining tegishli buyruq talablari asosida, Vazirlik markaziy apparatining xodimlari bilan navbatdagi saf tayyorgarligi mashgʻulotlari oʻtkazildi
2024-02-09 17:00:00 / Yangiliklar

Ichki ishlar vazirining tegishli buyruq talablari asosida, Vazirlik markaziy apparatining xodimlari bilan 2024-yil 8-fevral kuni navbatdagi saf tayyorgarligi mashgʻulotlari oʻtkazildi
Oʻtkazilgan saf tayyorgarligi mashgʻulotlari davomida, masʼul xodimlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Saf Nizomlari talablari asosida xodimlarning safda turish, harbiycha salom berish va saf koʻrigini oʻtkazish tartibi, xodimlarning safda turishdan oldingi
va safdagi majburiyatlari hamda ularning saf tayyorgarligiga oid kasbiy bilim va koʻnikmalari oshirildi hamda mashgʻulotlar guruhlar tartibida tantanali yurish bilan yakunlandi.
Kelgusida xodimlarning saf tayyorgarligi boʻyicha kasbiy bilim
va koʻnikmalarini oshirish maqsadida, bunday mashgʻulotlarni muntazam ravishda oʻtkazib borish belgilangan.