Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari general-mayor Bekmurod Abdullayevning Fargʻona viloyatidagi oʻrganish ishlari davom etmoqda
2024-01-24 13:00:00 / Yangiliklar
Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari tashrif doirasida Qoʻshtepa tumani prokuraturasida boʻlib, toʻrtta sektor rahbarlari bilan suhbatlashdi. Sektor rahbarlari tomonidan jinoyatchilikni “Mahallabay” jilovlash borasida amalga oshirilgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.
Shundan soʻng Vazir oʻrinbosari “Qumtepa” mahalla fuqarolari yigʻiniga tashrif buyurib, mahalla yettiligi faoliyati bilan tanishdi hamda faollar bilan samimiy muloqot oʻtkazdi.
Mazkur mahalla hududda “Qumtepa” savdo kompleksi va bozor joylashgan boʻlib, bu yerda firibgarlik, oʻgʻirlik jinoyatlari sezilarli oshganligi sababli, bu turdagi jinoyatlarning oldini olish borasida zarur tavsiyalar berildi.
Shuningdek, mazkur tumandagi 5 va 7-umumtaʼlim maktablaridagi shart-sharoitlar oʻrganildi.
General-mayor Б.Абдуллаев maktab pedagoglari va oʻquvchi-yoshlar bilan muloqot qilib, taʼlim sifatini oshirish, voyaga yetmaganlar oʻrtasida huquqiy targʻibot tadbirlarini tashkil etish borasida fikr almashdi.
Oʻrganishlar davom etmoqda.
IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Axborot xizmati