Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasida Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari general-mayor Davron Nazarmuxammedov raisligida shaxsiy tarkib oʻrtasida xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlash borasidagi vazifalar xususida muhokama yigʻilishi oʻtkazildi
2024-01-24 09:00:00 / Yangiliklar
Unda, viloyat IIB boshligʻi polkovnik Mirjamol Miralimov, boshqarma boshligʻining oʻrinbosarlari, videokonferensaloqa tarzida tuman-shahar IIB boshliqlari, ularning oʻrinbosarlari va sohaviy xizmat boshliqlari ishtirok etishdi.
Yigʻilishda, har bir xodim bugun xalqni rozi qilish yoʻlidagi oʻz xizmat vazifasiga sidqidildan yondashishi, xizmat intizomiga hamda qonunchilikka rioya qilishi, fuqarolar bilan muloqotda xushmuomala boʻlishi, xizmat vazifasini bajarishda xato va kamchiliklarga yoʻl qoʻymaslik, xizmatga taalluqli boʻlmagan ishlarga aralashmasliklari yuzasidan tegishli koʻrsatma va topshiriqlar berildi.
Shuningdek, xizmat mobaynida poraxoʻrlik va tamagirlik hamda korrupsion holatlarga yoʻl qoʻymaslik, xizmatga sovuqqonlik bilan qaragan, vakolat doirasidan chetga chiqqan xodimlarga qatʼiy choralar koʻrilishi alohida taʼkidlanib, sohadagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.
Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati