Toshkent viloyati IIBB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalari xodimlari uchun seminar-trening oʻtkazilmoqda
2024-01-18 18:20:00 / Yangiliklar

Joriy yilning 17-22-yanvar kunlari Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi tizimidagi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmati xodimlarining kasbiy bilim koʻnikmalarini oshirish, shuningdek, fuqarolarga qulay davlat xizmatlari koʻrsatish orqali aholi oʻrtasida ichki ishlar organlari imijini oshirish hamda sohaga oid faoliyatni raqamlashtirish boʻyicha oʻquv-seminar mashgʻulotlari oʻtkazilmoqda.
Seminar mashgʻulotlari jarayonida, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, filologiya fanlari doktori R. Jabborov bilan muloqot tashkil etilib “Fuqarolar bilan muomala madaniyati va davlat xizmatlarini koʻrsatishda shaffoflik” mavzusida mashgʻulotlar oʻtkazildi hamda oʻzaro fikr almashildi.
Tadbir davomida ayni paytda yurtboshimiz tomonlaridan Ichki ishlar organlari faoliyatida fuqarolarga xizmat koʻrsatish sohasini raqamlashtirish jarayonlari tizimli ravishda olib borilayotgani, ayniqsa, aholi koʻp murojaat etadigan migratsiya yoʻnalishida ham bu borada sezilarli amaliy ishlar tashkil etilgani alohida taʼkidlandi. Kelgusida, elektron navbatlar, masofadan turib roʻyxatdan oʻtish yoki ariza joʻnatish shuningdek, shaxsni identifikatsion ID-kartasini olish, chet elga chiqish pasportlarini tayyorlashda inson omilini kamaytirish borasida qilinishi zarur ishlar boʻyicha xodimlarga maʼlumotlar yetkazildi.
Shuningdek, tadbir davomida Toshkent viloyati IIBB rahbariyati hamda faxriylari tomonidan, davlatimiz va hukumatimiz tomonidan ilgari surilayotgan pirovard gʻoya — “Inson qadri”ni ulugʻlash, “Shaxs, jamiyat, davlat” tamoyiliga amal qilib, fuqaro manfaatlarini birlamchi oʻringa qoʻyish, xodimlarning xizmat vazifasini olib borish jarayonida fuqarolarga nisbatan xushmuomalada boʻlish, ochiqlik va shaffoflik masalalarida suhbatlar olib borildi.
Bu kabi tadbirlardan koʻzlangan asosiy maqsad — Ichki ishlar organlari xodimlari imijini oshirish, jamiyatda inson qadrini yanada yuksaltirishdan iboratdir.
Toshkent viloyati IIBB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi