Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan yosh xodimlar bilan uchrashuv tashkil etildi
2024-01-18 14:35:00 / Yangiliklar

Oʻzbekiston Respublikasi IIVning 2023-yil 7-noyabrdagi “Ichki ishlar organlarida yosh mutaxassislar va magistratura bitiruvchilari monitoringini oʻtkazish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 627-sonli buyrugʻi hamda Oʻzbekiston Respublikasi IIV Akademiyasining 2023-yil 14-sentyabrdagi Oʻzbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi kafedralari tomonidan biriktirilgan hududlarda amalga oshiriladigan ishlar boʻyicha reja-topshiriq talablarida ichki ishlar organlarida yosh mutaxassislar va magistratura bitiruvchilarining amaliy faoliyatini monitoring qilish masalasi belgilangan.
Ushbu vazifani bajarish maqsadida joriy yilning 17-yanvar kuni 2021-2023-yillarda IIV Akademiyasi kunduzgi taʼlimi va magistraturasini tamomlab, hozirda Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV tizimlarida xizmat qilayotgan xodimlar bilan vazirlik majlislar zalida uchrashuv tashkil etildi.
Oʻtkazilgan uchrashuvga Oʻzbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi Maʼmuriy huquq kafedrasi katta oʻqituvchisi podpolkovnik A. Toshtemirov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati boshligʻi oʻrinbosari vvb podpolkovnik M. Ashirbekov hamda 2021-2023-yillarda Akademiya kunduzgi taʼlimi va magistraturasi bitiruvchilari ishtirok etdilar.
Uchrashuv davomida asosiy eʼtibor bitiruvchilarning xizmat faoliyati davomida yuzaga kelayotgan muammolar, kamchiliklar va bilim saviyasini oʻrganishga qaratildi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV Axborot xizmati