Surxondaryo viloyat IIB boshligʻi polkovnik Timur Ismailovning Xalq deputatlari viloyat Kengashining toʻqqizinchi sessiyasida hisoboti tinglandi
2025-04-10 15:30:00 / Yangiliklar

Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi.
Sessiya ishida viloyatdan saylangan Oliy Majlis Senati aʼzolari, viloyat Kengashi deputatlari, viloyat hokimining tegishli oʻrinbosarlari, davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdilar.
Kun tartibidagi masalalarga koʻra, “Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha Milliy Kengashining navbatdagi yigʻilishda berilgan vazifalar ijrosini taʼminlash” hamda “Ichki ishlar organlarining jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklar profilaktikasi” yoʻnalishida 2025-yilning 3 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar tahlili, joriy yilda koʻriladigan taʼsirchan chora-tadbirlar yuzasidan viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi polkovnik Timur Ismailovning hisoboti va takliflari eshitildi.
Shuningdek, sessiyada boshqarma boshligʻi deputatlarning mavzuga oid savollariga ham javob qaytardi.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati