Asosiy kontentga o'tish

Andijon viloyati IIB boshligʻi tomonidan fuqarolar uchun boshqarma binosida navbatdagi qabul oʻtkazildi

2025-04-07 12:45:00 / Yangiliklar

Fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish, hafta davomida kundalik mehnat faoliyat bilan band boʻlgan aholiga qulaylik yaratish, ularning ichki ishlar organlari rahbarlari bilan ochiq muloqot qilishlarini taʼminlash maqsadida Andijon viloyati IIB boshligʻi polkovnik Sanjar Djabarov tomonidan navbatdagi qabul tashkil etildi.

Qabul davomida fuqarolardan kelib tushgan murojaatlarning aksariyati joyida ijobiy hal etildi. Ayrim murojaatlar yuzasidan malakali huquqiy tushuntirishlar berilgan boʻlsa, koʻrib chiqish talab etilgan murojaatlarning ijrosi nazoratga olindi.

Qabulda yurtdoshlarimizning har bir murojaati yuzasidan qoʻshimcha oʻrganish va qonuniy qaror qabul qilish uchun tegishli sohaviy xizmat rahbarlariga topshiriqlar berildi.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

245

Oxirgi yangilanish: 2025-04-08 08:19:09

Andijon viloyati IIB boshligʻi tomonidan fuqarolar uchun boshqarma binosida navbatdagi qabul oʻtkazildi