Asosiy kontentga o'tish

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari qabul qilindi

2025-04-07 12:40:00 / Yangiliklar

Qabul jarayonida fuqarolar, yuridik shaxslar va ularning qonuniy vakillari bilan yuzma-yuz muloqot qilinib 20 ga yaqin ichki ishlar organlari faoliyati hamda sud-huquq sohasiga doir murojaatlar koʻrib chiqildi.

Asosiy eʼtibor, murojaatlarning joyida hal etilishiga qaratilib, qoʻshimcha oʻrganish va qonuniy qaror qabul qilish uchun ish yurituviga olingan murojaatlar yuzasidan aniq va manzilli chora-tadbirlar belgilanib, tegishli sohaviy xizmatlar rahbarlariga bajarish muddatlari aniq belgilangan koʻrsatma va topshiriqlar berildi.

Bu kabi qabullar orqali aholi bilan doimiy muloqot qilish, fuqarolarni qiynayotgan muammolarni hal etish, odamlarning dardini eshitish, ogʻirini yengil qilish, yurtdoshlarimizning adolatga, davlatga boʻlgan ishonchini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati

229

Oxirgi yangilanish: 2025-04-08 08:18:17

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari qabul qilindi