Namangan viloyati IIB boshligʻi polkovnik Shuxrat Aliyev Namangan tumani “Qumqoʻrgʻon” mahallasida yashovchi aholining yashash va turmush sharoitlarini oʻrganish hamda mavjud muammolarni bartaraf etish maqsadida sayyor qabul oʻtkazdi
2023-12-22 06:00:00 / Yangiliklar
Navbatdagi oʻtkazilgan sayyor qabul davomida jami 24 nafar fuqarolar ishtirok etib, ulardan turli xil masalalarda 24 ta murojaatlar qabul qilindi.
Mazkur murojaatlarning 18 tasi joyida hal etilib, muddat talab etadigan murojaatlar masʼullarga biriktirildi va ijrosi alohida nazoratga olindi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati