Xodimlarning xizmat intizomi va qonuniylikka rioya qilishi hamda maʼrifiy ishlar yoʻnalishida amalga oshirgan ishlari oʻrganilmoqda
2023-12-21 23:00:00 / Yangiliklar
Samarqand, Sirdaryo, Jizzax viloyatlari Ichki ishlar boshqarmalarida ishchi guruhi tomonidan oʻrganishlar davomida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 10-son qarori talablaridan kelib chiqib, xodimlarning faoliyati, Ichki ishlar boʻlimlari binolarining holati, Maʼnaviyat va maʼrifat xonasi, Vatanparvarlik va Korrupsiyaga qarshi kurashish burchaklari hamda kutubxonalar tashkil etilganligi va ularning buyruq talablari asosida jihozlanganligiga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Bundan tashqari, tuman IIB boshliqlarining Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosarlari tomonidan yuritib kelinayotgan hujjatlarning ahvoli, shaxsiy tarkib bilan turli salbiy holatlar, guruhbozlik va boshqa illatlarning oldini olish maqsadida olib borilayotgan keng qamrovli chora-tadbirlar, shuningdek, joylarda “xodimbay” ishlash yoʻnalishida amalga oshirilayotgan ishlar ham eʼtibordan chetda qolmayapti.
Oʻrganishlar davomida mutasaddi rahbarlarga maʼnaviy-maʼrifiy yoʻnalishda amalga oshirilishi lozim boʻlgan qoʻshimcha chora-tadbirlar belgilash koʻrsatib oʻtilmoqda.
IIV Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash departamenti