Xodimlarning jismoniy faolligi darajasini oshirish uchun sharoitlar yaratib berilganligi eʼtirof etildi
2023-12-20 16:00:00 / Yangiliklar
Ichki ishlar vazirligi rahbariyatiga xodimlarining jismoniy faolligi darajasini oshirish uchun barcha zarur sharoitlarni yaratib berganligi uchun minnatdorchilik bildirildi.
Ichki ishlar vazirligi rahbariyatiga mehnat jamoasining sogʻlom turmush tarzini qoʻllab-quvvatlash va xodimlarining jismoniy faolligi darajasini oshirish uchun barcha zarur sharoitlarni yaratib berganligi uchun Yoshlar siyosati va sport vazirining tashakkurnomasi taqdim etildi.
Shuningdek, Ichki ishlar vazirligining “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlarini topshirib, eng yaxshi natijalarni qayt etgan xodimlari Yoshlar siyosati va sport vazirligi tomonidan ragʻbatlantirildi.