Fargʻona viloyati Quvasoy shahar IIB JXX probatsiya hisobidagi jazo oʻtayotgan shaxslar ishtirokida mehnat yarmarkasi va uchrashuv oʻtkazildi
2025-04-01 09:35:00 / Yangiliklar

Mazkur uchrashuvda Oʻzbekiston Respublikasi IIV JXD probatsiya xizmati boshligʻi va viloyat IIB JXX Probatsiya boshqarmasi boshligʻi hamda shahar IIB boshligʻi ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida probatsiya hisobidagi shaxslarning huquqiy muammolari oʻrganilib, joyida hal etish choralari koʻrildi.
Nazorat ostidagi shaxslar oʻz murojaatlari bilan masʼul rahbarlarga toʻgʻridan-toʻgʻri yuzlanish imkoniyatiga ega boʻlishdi.
Tadbir davomida IIV JXD probatsiya xizmati boshligʻi polkovnik Sh.Sh.Uralov probatsiya guruhi hisobida turgan shaxslarga takroriy jinoyatlar sodir etmaslik, qonun buzilishining ogʻir oqibatlari, jinoyat yoʻliga qayta kirmaslik uchun huquqiy maslahatlar va tushuntirishlar berdi.
Shuningdek sudlar tomonidan oʻrnatilgan cheklovlarga rioya etish va yangi qayta jinoyatlar sodir etmasliklari haqida rasman ogohlantirildi.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati