Asosiy kontentga o'tish

Istiqbolli vazifalar belgilab olindi

2025-03-28 00:10:00 / Yangiliklar

Shu kunlarda Xalqaro voleybol federatsiyasi (FIVB) mutaxassisi Yordan Zixichev boshchiligidagi delegatsiya joriy yilning 24-iyul-4-avgust kunlari mamlakatimizda 19 yoshgacha boʻlgan erkaklar terma jamoalari oʻrtasida oʻtkaziladigan Jahon chempionatiga tayyorgarlik holatini oʻrganish maqsadida yurtimizda mehmon boʻlib turibdi.

Bugun, 27-mart kuni Oʻzbekiston voleybol federatsiyasi rahbariyati Xalqaro voleybol federatsiyasi (FIVB) mutaxassisi Yordan Zixichev bilan Jahon chempionatiga tayyorgarlikning borishi masalasida uchrashuv oʻtkazdi.

Muloqot davomida Jahon chempionatini tashkillashtirish bilan bogʻliq ishlar muhokama qilindi.

Suhbat chogʻida Yordan Zixichev jahon chempionatining texnik jihatlari, musobaqalarni oʻtkazish, ishtirokchi jamoalarni kutib olish borasida oʻz fikr-mulohazalarini bildirib oʻtdi.

Doʻstona va konstruktiv ruhda oʻtgan uchrashuvda xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish hamda sohaga oid istiqbolli vazifalar belgilab olindi.

IIV JXD Axborot xizmati

237

Oxirgi yangilanish: 2025-03-30 20:09:15

Istiqbolli vazifalar belgilab olindi