Asosiy kontentga o'tish

Ichki ishlar vazirligi rahbariyati tomonidan Buxoro viloyati boʻylab ishchi guruh oʻrganishlari davom etmoqda

2025-03-26 18:40:00 / Yangiliklar

Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari general-mayor Baxodir Mirzaraximov boshchiligidagi ishchi guruh Buxoro viloyatida oʻrganishlarni boshladi. Ishchi guruh viloyat IIBda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-1-son qarori ijrosini taʼminlash borasida sohaviy xizmat rahbarlariga yoʻriqnoma berdi.

Keyingi manzil, Buxoro shahar hamda Buxoro, Kogon, Shofirkon, Jondor, Gʻijduvon va Romiton tumanlarida boʻldi, unda masʼul rahbarlarga kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish, xavfsiz muhitni yaratish, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish boʻyicha taqdimoti tinglandi. Shuningdek, viloyat masʼullari tomonidan birinchi chorakka moʻljallangan “Yoʻl xaritasi” tahlil etilib, qarorga koʻra vazifalarni oʻz vaqtida bajarilishi lozimligi taʼkidlab oʻtildi.

Oʻrganishlar davomida mahalla xodimlari va biriktirilgan masʼul rahbarlar tomonidan jinoyatchilikning oldini olishda yetarlicha ish tashkil etilmaganligi natijasida oila-turmush doirasidagi jinoyatlar sodir etilayotganligi keskin tanqid qilinib, kelgusidagi faoliyatlari yuzasidan har bir xodim zimmasiga tegishli vazifalar yuklatildi.

Shuningdek, tungi xizmat oldi yoʻriqnomasi oʻtkazilib, PPX batalyoni va profilaktika inspektorlariga jamoat tartibi va fuqarolar xavfsizligini taʼminlash, kriminogen vaziyatni jilovlash boʻyicha aniq vazifalar belgilandi. Oʻrganishlar davom etmoqda.

IIV Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamenti Axborot guruhi

441

Oxirgi yangilanish: 2025-03-27 07:55:36

Ichki ishlar vazirligi rahbariyati tomonidan Buxoro viloyati boʻylab ishchi guruh oʻrganishlari davom etmoqda