Qoraqalpogʻiston Respublikasi Taxiatosh tumanida jinoyatchilikning oldini olish boʻyicha muhokama yigʻilishi oʻtkazildi
2025-03-26 13:35:00 / Yangiliklar

Bugun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri tomonidan Taxiatosh tumani hokimligi majlislar zalida tuman hududida sodir etilgan ogʻir oqibatli jinoyatning kelib chiqish sabablari va kelgusida bunday holatlarning yuz berishining oldini olishga qaratilgan yigʻilish boʻlib oʻtdi.
Yigʻilishda tuman muassasa-tashkilot rahbarlari, mahalla yettiligi hamda profilaktika inspektorlari ishtirok etdi. Dastlab tuman hududida sodir etilgan jinoyat boʻyicha tuman prokurori tomonidan maʼlumot berib oʻtildi. Ushbu sodir etilgan jinoyatning kelib chiqishida mahalla yettiligi oʻz xizmat vazifalarini toʻliq bajarmaganligi, berilgan topshiriqlarni oʻz vaqtida bajarmay beparvolikka berilganligi sabab boʻlganligi tanqid qilindi.
Undan soʻng Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri soʻzga chiqib, Hurmatli Prezidentimiz tomonidan chiqarilgan qarorlarni va ijtimoiy profilaktikani mahalla yettiligi tomonidan oʻz vaqtida amalga oshirib borilsa yuz berishi mumkin boʻlgan jinoyatlarning oʻz vaqtida oldi olinishini taʼkidladi.
Yigʻilish yakunida mahallalarda oldini olinadigan jinoyatlarning barvaqt oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar belgilanib, ijrosi yuzasidan tegishli soha vakillariga topshiriqlar berildi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV Axborot xizmati