Fargʻona viloyati prokuraturasida jinoyatlarni oldini olish va unga qarshi kurashishga qaratilgan qoʻshma yigʻilish tashkil qilindi
2025-03-24 11:55:00 / Yangiliklar

Unda Prezidentimizning 2025-yil 3-yanvar kungi 1-son qarorida belgilab berilgan vazifalarning viloyatdagi ijrosi viloyat prokurori, viloyat IIB boshligʻi boshchiligida, ularning oʻrinbosarlari sohaviy xizmatlar rahbarlari hududiy boshqarma boʻlim va boʻlinmalar boshliqlari ishtirokida muhokama qilindi.
Bosh prokuratura hamda IIV tomonidan berilgan qoʻshma koʻrsatmaga asosan, jinoyatlarni hisobga qoʻyish, qoʻzgʻatish hamda qonuniy qaror qabul qilish, fuqarolarning huquqiy manfaatlarini soʻzsiz taʼminlash, qonun ustuvorligiga erishish boʻyicha masʼullarga aniq vazifalar yuklatildi.
Jinoyatlarni oldini olish, fosh etish, Probatsiya nazoratidagi shaxslar bilan ishlash, profilaktika inspektorlari faoliyati samaradorligini oshirish yuzasidan hududiy rahbarlarga topshiriqlar berildi.
Soha xodimlari oʻzlarini qiziqtirgan savol va takliflarni bildirdilar.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati