Asosiy kontentga o'tish

Andijon viloyati IIB rahbariyati tomonidan fuqarolar uchun boshqarma binosida qabul tashkil etildi

2025-03-23 12:00:00 / Yangiliklar

Fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish, hafta davomida kundalik mehnat faoliyat bilan band boʻlgan aholiga qulaylik yaratish, ularning ichki ishlar organlari rahbarlari bilan ochiq muloqot qilishlarini taʼminlash maqsadida Andijon viloyati IIB rahbariyati tomonidan shaxsiy qabul oʻtkazildi.

Qabul davomida fuqarolardan jami 19 ta murojaatlar kelib tushdi. Ulardan 12 tasi joyida ijobiy hal etildi. 4 ta murojaat yuzasidan malakali huquqiy tushuntirishlar berildi. Koʻrib chiqish talab etilgan 3 ta murojaatning ijrosi nazoratga olindi.

Tashkil etilayotgan bu kabi qabullar aholi muammolarni aniqlash, ularni joyida hal etish maqsadlariga qaratilganligi bilan ham ahamiyatlidir.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

255

Oxirgi yangilanish: 2025-03-23 23:17:04

Andijon viloyati IIB rahbariyati tomonidan fuqarolar uchun boshqarma binosida qabul tashkil etildi