Asosiy kontentga o'tish

Jizzax viloyati IIB rahbariyati tomonidan Prezident qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi

2025-03-23 11:00:00 / Yangiliklar

Davlatimiz rahbarining joriy yil 3- yanvardagi “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorining ijrosi, “Jinoyatga oid ariza, xabar va boshqa maʼlumotlarni qabul qilish, roʻyxatdan oʻtkazish hamda hal qilinishida protsessual qonunchilik talablariga rioya etilishini taʼminlash” haqidagi qoʻshma koʻrsatma muhokamasiga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Mazkur jarayonda ayrim mahallalarda xavfsiz koʻcha va yoʻlaklarni yuzaga keltirish, kuzatuv kameralarining oʻrnatilishi, profilaktik tadbirlarni tashkil qilishda yoʻl qoʻyilayotgan nuqsonlarni bartaraf etish yuzasidan topshiriqlar berildi.

Yigʻilishda viloyat viloyat IIB boshligʻi, general-mayor Gʻayrat Qodirov, viloyat prokurori, adliya katta maslahatchisi Baxtiyor Ibrohimov va boshqalar soʻzga chiqdi.

Jizzax viloyati IIB Axborot xizmati

157

Oxirgi yangilanish: 2025-03-23 13:03:00

Jizzax viloyati IIB rahbariyati tomonidan Prezident qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi