Kasb fidoyisi. Qoʻshaloq bayram shukuhi
2025-03-20 23:00:00 / Yangiliklar

Bugungi lavhamiz qahramoni katta leytenant Navroʻz Koʻchimov Navoiy viloyati IIB JXX Probatsiya boʻlimida faoliyat koʻrsatadi.
Ayni paytda u bolimning moliyaviy rejalarini bajarish uchun masʼul. Shuning bilan bir qatorda vaqt topib, fuqarolarning moliya-iqtisod faoliyati bilan bogʻliq murojaatlarini ham oʻrganadi, ularga joʻyali maslahatlar beradi.
Lavhamiz qahramoni probatsiya nazoratidagi mahkumlarning bandligini taʼminlash maqsadida korxona va tashkilotlar bilan yaqindan hamkorlik qiladi.
U joriy yilda 56 nafar mahkumni ishga joylashtirish uchun shartnomalar rasmiylashtirdi.
Bundan tashqari, hududiy ichki ishlar organlari probatsiya guruhlariga uslubiy yordam koʻrsatishda ham faol.
Lavhamiz qahramoniga bejiz shunday ism qoʻyilmagan, albatta. U 21-mart sanasida tavallud topgan.
Oilamizda shu kuni qoʻshaloq bayram. Onam “Sen tugʻilgan kuni tabiat ham goʻyoki qish uyqusidan uygʻongandi”, — deydilar. Hayotda doimo yangi imkoniyatlar qidirishga, oʻzimning bilim va malakamni oshirishga intilaman, — deydi katta leytenant Navroʻz Koʻchimov.
Hamkasblarim “Sening isming «Navroʻz”. Shuning uchun doimo bayramona kayfiyatda, xushchaqchaq boʻlishing kerak», -deyishadi.
Men esa “Ha, lekin baʼzida Navroʻz kuni havo bulutli boʻlishi, yomgʻir yogʻishi ham mumkin”, — deb hazillashaman.
©️ “Postda” gazetasi, Mahliyo Xolova, Navoiy viloyati.