Ichki ishlar vazirligi rahbariyati Qorovul qoʻshinlari qoʻmondonligiga qarashli birlashgan dala oʻquv markaziga tashrif buyurdi
2025-03-19 17:30:00 / Yangiliklar

Vazirlik rahbariyati Birlashgan dala oʻquv markazi shaxsiy tarkibining jangovar xizmat oldi tarqatuvida ishtirok etib, Mudofaa vazirligiga qarashli Respublika Mudofaa ishlari boʻyicha boʻlimi tomonidan 2025-yil chaqiruvidagi muddatli harbiy xizmatchilarni kirib kelayotgan Navroʻz ayyomi bilan muborakbod etdilar hamda muddatli harbiy xizmatga kelgan yosh askarlar bilan suhbatlashib tavallud kunlarini nishonlayotgan askarlarni tabriklab esdalik sovgʻalarini topshirdilar.
Tashrif davomida hududlarni koʻzdan kechirish jarayonida, Qoʻshin safiga qabul qilingan yosh askarlardan xizmatning dastlabki kunlaridanoq, ijobiy taassurot qoldirish, harbiy hayotga moslashish, haqiqiy vatanparvar harbiy xizmatchi etib tarbiyalashni, har bir harbiy xizmatchi xizmat vazifasini vijdonan bajarishini, milliy armiyamizni yanada rivojlantirish va mamlakatimiz mudofaa qobiliyatini mustahkamlashda Prezidentimiz taʼbiri bilan aytganda “Bugungi kunda har birimiz amalda Vatan himoyachisi boʻlishimiz, yoshlarimizni ham shu ruhda kamol toptirishimiz zarur” deya taʼkidlab, masʼul rahbar harbiy xizmatchilarga bir qator vazifalar belgiladilar.
Shundan soʻng, Birlashgan dala oʻquv markazida muddatli harbiy xizmatchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar holati bilan tanishib, jumladan: oʻquv mashgʻulot xonalari, tibbiyot punkti, askarlar yotoqxonasi hamda oshxonasi, maishiy xizmat koʻrsatish xonalari oʻrganilib, harbiy xizmatchilarni xizmat oʻtashi uchun yanada qulay sharoit yaratish, boʻlinmalarning jangovar tayyorgarligi va shayligini oshirish, harbiy intizomni mustahkamlash yuzasidan vazifalar belgilab berdilar.
IIV Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamenti Axborot guruhi