Asosiy kontentga o'tish

Samarqandda “Yevropa Ittifoqi — Markaziy Osiyo” sammiti oldidan xavfsizlik masalalari muhokama qilindi

2025-03-18 11:25:00 / Yangiliklar

17-mart kuni Samarqand shahrida Ichki ishlar vazirligi rahbariyati raisligida joriy yilning 3 – 5-aprel kunlari Samarqand shahrida “Yevropa Ittifoqi — Markaziy Osiyo” birinchi sammiti oʻtkazilishi munosabati bilan yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Unda huquqni muhofaza qilish organlari masʼul rahbar va xodimlar ishtirok etdi.

Yigʻilishda Samarqand shahrida boʻlib oʻtadigan muhim ommaviy-siyosiy tadbirga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish davrida xavfsizlikni yuqori saviyada taʼminlash borasida huquqni muhofaza qiluvchi organlar, shuningdek davlat hokimiyati idoralari tomonidan hamkorlikda amalga oshirilishi lozim boʻlgan chora-tadbirlar belgilab olindi.

IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Axborot xizmati

498

Oxirgi yangilanish: 2025-03-19 00:06:32

Samarqandda “Yevropa Ittifoqi — Markaziy Osiyo” sammiti oldidan xavfsizlik masalalari muhokama qilindi