Ichki ishlar vazirligi rahbariyati tomonidan Qorovul qoʻshinlari qoʻmondonligi 7531-sonli harbiy qism safiga qabul qilingan yosh askarlarga va harbiy xizmatchilar bilan uchrashib bir qator ustuvor vazifalar belgilandi
2025-03-17 17:00:00 / Yangiliklar

Tashrif davomida, Ichki ishlar vazirligi rahbariyati tomonidan harbiy qism shaxsiy tarkibining jangovar xizmat oldi tarqatuvida ishtirok etib harbiy xizmatchilarni kelayotgan Navroʻz ayyomi bilan muborakbod etdilar hamda Qorovul qoʻshinlari safiga 2025-yil chaqiruvidagi muddatli harbiy xizmatga kelgan yosh askarlar bilan suhbatlashdilar.
Ichki ishlar vazirligi rahbariyati hududlarni koʻzdan kechirar ekan, Qoʻshin safiga qabul qilinayotgan yosh askarlardan xizmatining dastlabki kunlaridanoq, ijobiy taʼsirot qoldirish, harbiy hayotga moslashish, haqiqiy vatanparvar harbiy xizmatchi etib tarbiyalash borasida har bir mansabdor shaxslarga yuklatilgan jangovar xizmat vazifalarini vijdonan bajarishlari, milliy armiyamizni yanada rivojlantirish va mamlakatimiz mudofaa qobiliyatini mustahkamlashda Prezidentimiz taʼbiri bilan aytganda “Bugungi kunda har birimiz amalda Vatan himoyachisi boʻlishimiz, yoshlarimizni ham shu ruhda kamol toptirishimiz zarur” deya taʼkidlab, bir qator vazifalar belgiladilar.
Shundan soʻng, harbiy qismda harbiy xizmatchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar holati bilan tanishib, askarlar yotoqxonasi, oshxonasi va maishiy xizmat koʻrsatish xonalaridagi yaratilgan sharoitlarni oʻrganib, harbiy xizmatchilarni xizmat oʻtashi uchun yanada qulay sharoit yaratish, boʻlinmalarning jangovar tayyorgarligi va shayligini oshirish, harbiy intizomni mustahkamlash yuzasidan vazifalar belgilab berdilar.
Shuningdek IIV Qorovul qoʻshinlari shaxsiy tarkibining xizmat intizomini mustahkamlash borasida amalga oshirilgan ishlar va yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar asosida harbiy qismlari shaxsiy tarkibi ishtirokida tanqidiy muhokama yigʻilishi oʻtkazildi.
Yigʻilishda, IIV Qorovul qoʻshinlari qoʻmondoni, qoʻmondon oʻrinbosarlari, shuningdek, Qorovul qoʻshinlari qoʻmondonligi, qoʻshilma va harbiy qismlaridan video-konferens-aloqa orqali joylardagi shaxsiy tarkib ishtirok etdi.
Ichki ishlar vazirligi rahbariyati tomonidan oʻtkazilgan yigʻilishda, shaxsiy tarkib tomonidan sodir etilgan qonun buzilish holatlari va koʻngilsiz hodisalarni kelib chiqishi, bunga imkon bergan shart-sharoitlar, shuningdek, xizmat intizomi va qonuniylikka amal qilish borasida yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar tanqidiy tahlil qilinib, kelgusida amalga oshirilishi lozim boʻlgan vazifalar belgilanib, Qorovul qoʻshinlari qoʻmondoni, qoʻmondon oʻrinbosarlarining hisobotlari tinglandi.
IIV Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamenti Axborot guruhi