Mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini oshirish yuzasidan seminar tashkil etildi
2025-03-10 09:00:00 / Yangiliklar

Namangan viloyati IIBda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi PQ-1-son Qarori ijrosiga bagʻishlangan seminar boʻlib oʻtdi.
Unda “Xavfsiz shahar” markazi direktori oʻrinbosari, viloyat IIB xodimlari, prokuratura rahbariyati hamda Mahallalar uyushmasi viloyat boshqarmasi vakillari ishtirok etdi.
Seminarda mahallalarning kirish-chiqish joylariga yuzni va avtoraqamlarni tanib oluvchi kameralar oʻrnatish hamda ularni Tezkor boshqaruv markaziga ulash masalalari muhokama qilinib, kelgusidagi loyihalarni amalga oshirish boʻyicha vazifalar belgilandi.
Ichki ishlar vazirligining “Xavfsiz shahar” tizimlarini rivojlantirish markazi