Asosiy kontentga o'tish

8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan IIV Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamentida bayram tadbiri oʻtkazildi

2025-03-08 10:00:00 / Yangiliklar

Yurtimizda xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, manfaatlarini himoya qilish, Vatan taraqqiyoti va jamiyat hayotidagi oʻrnini kuchaytirish borasidagi ishlar davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi.

Shu munosabat bilan yurtimizda ayollarni asrab-avaylash, ularga hurmat ehtirom koʻrsatish, maʼnaviy va intellektual salohiyatini yuksaltirish, oilalarning barqarorligini taʼminlashga doimiy eʼtibor qaratib kelinmoqda.

Joriy yilning 7-mart kuni Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamentida «8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni” bayrami oʻtkazilib, tadbirga uzoq yillar davomida xizmat qilgan faxriylar, shuningdek, hozirgi vaqtda Ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan ayol xodimalar taklif qilindi.

Bayram munosabati bilan uzoq yillar samarali mehnat faoliyati bilan yosh avlodga taʼlim-tarbiya berib kelayotgan moʻtabar opa-singillarimizni bayram bilan samimiy tabrikladi.

Tadbirda bayram munosabati bilan Ichki ishlar vazirining buyrugʻiga asosan ragʻbatlantirilgan xodimalariga “Aʼlo xizmatlari uchun”, 3 darajali “Ichki ishlar organlarida benuqson xizmatlari uchun” koʻkrak nishonlari, Ichki ishlar vazirligining “Faxriy yorligʻi”, unvon va pul mukofotlar topshirildi.

IIV Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamenti Axborot guruhi

568

Oxirgi yangilanish: 2025-03-08 22:57:25

8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan IIV Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamentida bayram tadbiri oʻtkazildi