Ichki ishlar vazirligi Akademiyasida “Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan koʻrik-tanlov tashkil etildi
2025-03-06 10:45:00 / Yangiliklar

Unda Jamoat xavfsizligi universiteti, Bojxona instituti, Xalqaro islom akademiyasi va IIV akademiyasi kursant va talaba qizlari oʻzaro bellashdilar.
Koʻrik-tanlov ishtirokchilari ikki shart boʻyicha intellektual salohiyati va oʻz iqtidorlarini namoyon etishdi. Jamoa aʼzolarining har bir chiqishlari hakamlar hayʼati tomonidan baholab borildi. Qiziqarli chiqishlar, sahna koʻrinishlariga boy tarzda oʻtgan koʻrik-tanlov natijalariga koʻra IIV Akademiyasining “Bahor gullari” jamoasi “Eng matonatli jamoa”, Jamoat xavfsizligi universitetining “Jasorat malikalari” jamoasi “Eng kreativ jamoa”, Bojxona institutining “Tumor” jamoasi “Eng iqtidorli jamoa” va Xalqaro islom akademiyasining “Neo Toʻmaris” jamoasi “Eng ijodkor jamoa” nominatsiyalariga sazovor boʻlishdi.
Taqdirlash marosimida soʻz olganlar tomonidan, soʻnggi yillarda mamlakatimizda Vatanimiz kelajagi boʻlgan yoshlar masalasiga katta eʼtibor qaratib kelinayotgani, yoshlar masalasi davlat siyosati darajasiga koʻtarilib, ularni har tomonlama zamonaviy bilimlarni mukammal egallashlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilganligi, shuningdek yoshlarni yuksak maʼnaviyatli, zukko, bilimdon, yurt taqdirini oʻz zimmasiga olishga qodir navqiron avlod sifatida voyaga yetkazish uchun barcha imkoniyat eshiklari ochiq ekanligi eʼtirof etildi.
Koʻrik-tanlov yakunida ishtirokchilariga diplom va qimmatbaho sovgʻalar tantanali ravishda topshirildi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati