Ichki ishlar organlarining mutaxassis-psixologlari IIV akademiyasida malaka oshirmoqda
2025-03-04 19:35:00 / Yangiliklar

Oʻquv kursi ichki ishlar organlarida psixologik xizmat samaradorligini oshirish, soha xodimlarining kasbiy bilim va mahoratini yuksaltirish, shaxsiy tarkib bilan olib borilayotgan maʼnaviy-maʼrifiy, tarbiyaviy va psixologik ishlarni yanada takomillashtirish va amaliyotga ilgʻor yondashuvlarni joriy qilish maqsadida tashkil qilingan.
Bir oyga moʻljallangan oʻquv kursi davomida tinglovchilar dolzarb mavzularga yoʻnaltirilgan nazariy va amaliy mashgʻulotlarda ishtirok etishmoqda. Mashgʻulotlar yetakchi oliy taʼlim muassasalari va ixtisoslashgan markazlarning tajribali mutaxassislari hamda IIV akademiyasi professor-oʻqituvchilari tomonidan olib borilmoqda.
Oʻquv kursiga ichki ishlar organlari maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻlinmalaridan 47 nafar mutaxassis-psixolog jalb qilingan boʻlib, yakunda sinovlarni muvaffaqiyatli topshirgan tinglovchilarga sertifikat topshiriladi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati