Qorovul qoʻshinlari harbiy xizmatchilariga sertifikatlar topshirildi
2025-03-03 10:35:00 / Yangiliklar

IIV Qorovul qoʻshinlari qoʻmondonligiga qarashli Birlashgan oʻquv dala markazida vazirlik malaka oshirish instituti bilan hamkorlikda tashkil etilgan oʻquv kursini muvaffaqiyatli tamomlagan kontrakt boʻyicha oddiy askar hamda serjantlarga sertifikat topshirish marosimi boʻlib oʻtdi.
Tadbirda Qoʻmondon oʻrinbosari polkovnik Davron Ashurov ishtirok etib, ushbu oʻquv uslubiy yigʻinlar harbiy xizmatchilar bilim va malakasi, intellektual va kasbiy salohiyatini oshirishda muhimligi haqida fikrini bildirdi va oʻquv kursini muvaffaqiyatli tamomlagan kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchilarga sertifikatlar topshirdi hamda ularning kelgusi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar hamroh boʻlishini taʼkidladi.
Shuningdek harbiy xizmatchilar Qorovul qoʻshinlari tarixi muzeyiga tashrif buyurib, qoʻshinning tarixi va bugunini oʻzida aks ettirgan maʼlumotlar hamda turli koʻrinishdagi eksponatlar bilan yaqindan tanishdilar.
IIV Qorovul Qoʻshinlari Qoʻmondonligi Axborot guruhi