Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik Baxtiyar Torebekov tomonidan fuqarolarning Ichki ishlar organlariga taalluqli boʻlgan masalalari yuzasidan navbatdagi shaxsiy qabuli oʻtkazildi
2025-03-03 10:15:00 / Yangiliklar

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik Baxtiyar Torebekov fuqarolarning Ichki ishlar organlariga taalluqli boʻlgan masalalari yuzasidan navbatdagi shaxsiy qabuli Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar binosida boʻlib oʻtdi.
Vazirning shaxsiy qabulida fuqarolarning buzilgan huquqlari, ishga qabul qilish, hamda tergovga bogʻliq murojaatlarini koʻrib chiqdi. Bildirilgan murojaatlar oʻsha yerning oʻzida oʻrganilib, koʻplari ijobiy yechim topdi, ayrim murojaat egalariga huquqiy tushunchalar berildi.
Shu jumladan oʻrganish ishlari hamda vaqt talab etiladigan murojaatlar yechimi uchun muddat belgilanib, ijrosi nazoratga olindi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV Axborot xizmati