IIV JXD Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati boshligʻi polkovnik Xotam Qodirov tomonidan aholi murojaatlarini oʻrganish maqsadida Andijon viloyatining Baliqchi tumanida sayyor qabul oʻtkazildi
2025-03-02 09:00:00 / Yangiliklar

Xalq bilan yuzma-yuz muloqotlardan koʻzlangan asosiy maqsad aholining keng qatlami ichiga kirish, ularning muammolarini tinglash, qonuniy huquq va manfaatlarini ishonchli himoya qilishdir. Bu kabi ezgu va xayrli ishlarni amalga oshirish uchun, avvalo, odamlar bilan muloqot qilish, ularning dardu tashvishlari, orzu-niyatlari, hayotiy muammo va ehtiyojlarini yaxshi bilish kerak.
Ayni shu maqsadda tashkil etilgan sayyor qabulda fuqarolardan 18 ta murojaat kelib tushib, shundan 11 tasi joyida ijobiy hal etildi. Murojaatlarning 4 tasi tergov organlariga yuborilgan boʻlsa, yana 3 tasi boshqa idoralarga yoʻnaltirildi.
Oʻtkazilayotgan bu kabi sayyor qabullar aholi muammolariga oʻz vaqtida yechim topish maqsadlariga qaratilganligi bilan ham ahamiyatlidir.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati