Ramazon oyida masjidlarda va jamoat joylarida tartibni saqlash hamda har qanday huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olishga bagʻishlab huquqni muhofaza qiluvchi organlarning maxsus yigʻilishi oʻtkazildi
2025-03-02 09:00:00 / Yangiliklar

Muborak Ramazon oyi boshlanmoqda. Hukumatimiz tomonidan xalqimizning Ramazon oyini milliy anʼana va qadriyatlarga mos tarzda oʻtkazishiga, shuningdek, ularning xavfsizligini taʼminlashga alohida eʼtibor qaratiladi.
Ramazon kunlari masjid va boshqa jamoat joylarida tartibni saqlash, fuqarolarimiz xavfsizligini taʼminlash va favqulodda vaziyatlarning oldini olish maqsadida poytaxtimizda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Jamoat xavfsizligi xizmati Jamoat tartibini saqlash, Yoʻl harakati xavfsizligi, Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmalari, favqulodda vazifalarni bajaruvchi maxsus otryadi, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻyicha boshqarmasi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlarining maxsus yigʻilishi oʻtkazildi.
Unda QR Ichki ishlar vaziri polkovnik Baxtiyor Torebekov soʻzga chiqib, jamoat joylarida turli huquqbuzarliklar va favqulodda vaziyatlarning oldini olish masalalariga alohida eʼtibor qaratilishi kerak boʻlgan vazifalarga toʻxtalib oʻtdi. Xizmat vazifasini bajarayotgan har bir xodim belgilangan tartib-qoidalarga boʻysunishi, yaʼni fuqarolar bilan toʻgʻri munosabatda boʻlishi, qonuniy asosda ish olib borishi kerakligini tushuntirib oʻtdi.
Albatta, jamoat tartibini saqlash, shuningdek, favqulodda vaziyatlarning oldini olishda mana shunday birgalikdagi ishlarning oʻrni alohida.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV Axborot xizmati