Sirdaryo tumanida tungi xizmatga biriktirilgan shaxsiy tarkib va jamoatchilik vakillariga masʼul rahbarlar tomonidan tungi yoʻriqnoma berildi
2025-03-02 07:15:00 / Yangiliklar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2025 yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yana-da oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-1-son qarorida belgilangan talablar ijrosini taʼminlash maqsadida, shuningdek, “Xavfsiz hudud” profilaktik tadbiri doirasida Sirdaryo tumani hududiga tungi xizmatga jalb etilgan sohaviy xizmat xodimlariga Sirdaryo viloyati IIB boshligʻi polkovnik Sandjar Djabarov hamda Milliy gvardiya Sirdaryo viloyati boʻyicha boshqarmasi boshligʻi polkovnik Nizomiddin Abduvaliyev tomonidan yoʻriqnoma berildi.
Xizmatni hushyor va sergak holda, qonunchilik talablari asosida, fuqarolar bilan xushmuomalalikda olib borish lozimligi alohida taʼkidlandi.
Yoʻriqnomadan soʻng, YPX xodimlari tomonidan yoʻllarda reydlar, huquqbuzarliklar profilaktikasi va PPX xodimlari tomonidan jamoat joylari, kompyuter oʻyingohlari va boshqa maskanlarda jamoat tartibini saqlash yuzasidan profilaktik tadbirlar olib borildi.