Jizzax viloyatida tezkor-profilaktik tadbirlarning “Dolzarb 40 kunligi” oʻtkazilmoqda
2023-11-30 13:00:00 / Yangiliklar
Mazkur tadbir doirasida Jizzax shahriga tungi xizmatga jalb etilgan xodimlar uchun Mustaqillik maydonida xizmat oldi yoʻriqnoma tashkil qilindi.
Tadbirda viloyat IIB boshligʻi, general-mayor Gʻ.Qodirov kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda jinoyatchilikka qarshi kurashish, fuqarolar osoyishtaligini taʼminlashda amalga oshirilishi lozim boʻlgan aniq vazifalarni belgilab berdi.
Tadbir davomida Jizzax viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati probatsiya boʻlimining hududiy boʻlinmalari xodimlariga xizmatda foydalanish uchun 13 dona elektroskuterlar topshirildi.
Jizzax viloyati IIB Axborot xizmati