Mahallalarda xavfsizlikni taʼminlash: Qashqadaryoda ishchi guruh oʻrganishlari boshlandi
2025-02-28 12:10:00 / Yangiliklar

Ichki ishlar vazirligi Jamoat tartibini saqlash xizmati boshligʻi podpolkovnik Otabek Sharipov boshchiligidagi ishchi guruh Qashqadaryo viloyatida oʻrganishlarni boshladi. Ishchi guruh viloyat IIBda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-1-son qarori ijrosini taʼminlash borasida sohaviy xizmat rahbarlariga yoʻriqnoma berdi.
Shuningdek, tungi xizmat oldi yoʻriqnomasi oʻtkazilib, PPX batalyoni va profilaktika inspektorlariga jamoat tartibi va fuqarolar xavfsizligini taʼminlash, kriminogen vaziyatni jilovlash boʻyicha aniq vazifalar belgilandi. Oʻrganishlar davom etmoqda.
Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmati