Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi ishtirokchi davlatlari Ichki ishlar vazirlari kengashi huzuridagi Ilmiy-maslahat kengashi yigʻilishi oʻtkazildi
2023-11-30 10:00:00 / Yangiliklar
Joriy yilning 23-noyabr kuni Rossiya Federatsiyasining Moskva shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi ishtirokchi davlatlari Ichki ishlar vazirlari kengashi huzuridagi Ilmiy-maslahat kengashi navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Yigʻilishda Armaniston, Rossiya, Tojikiston, Oʻzbekiston, Qirgʻiziston va Qozogʻiston ichki ishlar vazirliklari delegatsiyalari, shuningdek, MDH Uyushgan jinoyatchilik va boshqa xavfli turdagi jinoyatlarga qarshi kurashishni muvofiqlashtirish byurosi direktori va vakillari qatnashdi.
Oʻzbekiston Ichki ishlar vazirligi delegatsiyasi vazirlik Tadqiqot markazi boshligʻi, professor I.Yu. Fozilov va Akademiya boshligʻining oʻrinbosari, professor R.O. Nigmatovlardan iborat tarkibda ishtirok etishdi.
Yigʻilishda terroristik tavsifdagi jinoyatlarga qarshi kurashish, migratsiya sohasida jamoatchilik aloqalarini shakllantirish, axborot xavfsizligini taʼminlash borasida davlatlararo hamkorlikni samarali yoʻlga qoʻyish masalalari muhokama qilindi.
Ilmiy-maslahat kengashi tomonidan 2023-yilda amalga oshirilgan ishlar haqidagi hisobot eshitildi. Shuningdek, mazkur Kengashning 2024-yil uchun ish rejasi loyihasi muhokama qilindi.