Surxondaryo viloyat IIBda “Xotin-qizlar oʻrtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning barvaqt oldini olish bugungi kunning dolzarb muammosi“ mavzusida profilaktik davra suhbati oʻtkazildi
2025-02-27 10:00:00 / Yangiliklar

Joriy yilning 25-fevral kuni Surxondaryo viloyat IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi tashabbusi bilan hamkor tashkilotlar ishtirokida “Termiz shahar hududida Xotin-qizlar oʻrtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning barvaqt oldini olish bugungi kunning dolzarb muammosi” mavzusida profilaktik davra suhbati oʻtkazildi.
Profilaktik hisobda turuvchi xotin-qizlar bilan oʻtkazilgan suhbatda Surxondaryo viloyati IIB JXX HPB boshligʻi oʻrinbosari podpolkovnik Oʻ.J.Eshimova, Surxondaryo viloyati hokimi oʻrinbosari Z.A.Xidirova hamda hamkor tashkilotlar ishtirok etishdi.
Uchrashuv davomida xotin-qizlar oʻrtasida jinoyatchilikning barvaqt oldini olishga yangicha yondashuv mexanizmi toʻgʻrisida ishtirokchilarga tushunchalar berib, mahallada ish olib boruvchi barcha hamkor tashkilotlarning masʼullari, xususan xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash boʻyicha mutaxassislar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlarning birdamlikda ish olib borishi zarurligi haqida soʻz yuritildi.
Termiz shahar hokimligi binosida tashkilotlar bilan xotin-qizlar oʻrtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish maqsadida olib borilgan profilaktik davra suhbati yakuniga koʻra 21 nafar probatsiya hisobida turgan , 12 nafar tazyiq va zoʻravonlikka uchraganlar hamda jinoyat sodir yetishga moyil boʻlgan 8 nafar ayollar alohida nazoratga olinish choralari koʻrildi.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati