Koreya milliy politsiya agentligi mutaxassislari ishtirokidagi tashrif yakunlandi
2025-02-23 12:15:00 / Yangiliklar

Kuni kecha xabar berganimizdek, Koreya milliy politsiya agentligining IIV Malaka oshirish institutida tegishli mutaxassislari ishtirokidagi tashrifi oʻz yakuniga еtdi.
Tashrif davomida Malaka oshirish institutida Simulyatsiya va modellashtirish markazini zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlash ishlari amalga oshirildi.
Tashrif yakunida Koreya milliy politsiya agentligi mutaxassislari tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot yigʻilishi oʻtkazildi, unda Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti boshligʻi Olimjon Axmedov delegatsiyaning tashrifi jarayonidagi samarali mehnati uchun oʻz minnatdorchiligini bildirib, ushbu mehnatlari kelgusida institutda oʻquv jarayoni samaradorligini yanada oshirishga hamda ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy bilimlarini mustahkamlashga xizmat qilishini taʼkidladi.
IIV Malaka oshirish instituti Matbuot xizmati