Surxondaryo viloyati Huquqni muhofaza qiluvchi organlari xodimlari oʻrtasida sportning “Voleybol” turi boʻyicha musobaqa oʻtkazildi
2025-02-22 09:35:00 / Yangiliklar

Oʻzbekiston Respublikasi IIV “Dinamo” Jismoniy tarbiya va sport jamiyati Surxondaryo viloyat Kengashining kalendar rejasiga asosan 2025-yilning 19-20-fevral kunlari Termiz shahridagi viloyat IIB Sport majmuasida sportning “Voleybol” turi boʻyicha Surxondaryo viloyati Huquqni muhofaza qiluvchi organlari xodimlari oʻrtasida “Dinamo” Jismoniy tarbiya va sport jamiyati raisi kubogi musobaqasi oʻtkazildi.
Sport musobaqasi murosasiz bahslarga boy boʻlib, Surxondaryo viloyatida xizmat oʻtayotgan Surxondaryo viloyati Milliy gvardiyasi boshqarmasi, Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi, Surxondaryo viloyati Milliy gvardiyasi Qoʻriqlash boshqarmasi, Bojxona boshqarmasi, Davlat xavfsizligi xizmati boshqarmasi, Davlat xavfsizligi xizmati Chegara qoʻshinlari operativ qoʻmondonligi xodimlaridan iborat 8 ta terma jamoadan jami 64 nafar sportchilar qatnashdi.
Xalqaro toifadagi hakamlar tomonidan baholab borilgan ushbu nufuzli musobaqa natijalariga koʻra 1 oʻrinni Surxondaryo viloyati Davlat xavfsizlik xizmati boshqarmasi terma jamoasi, 2 oʻrinni Surxondaryo viloyati IIB terma jamoasi, 3 oʻrinni Milliy gvardiya boshqarmasi huzuridagi Qoʻriqlash boshqarmasi terma jamoalari xodimlari qoʻlga kiritishdi.
Gʻoliblar Oʻzbekiston Respublikasi IIV “Dinamo” Jismoniy tarbiya va sport jamiyati Surxondaryo viloyati Kengashi tomonidan diplom, medal va qimmatbaho esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.
Shu oʻrinda aytish joizki “Dinamo” jismoniy tarbiya va sport jamiyati qoshida tashkil etilgan “Kurash”, “Erkin kurash”, “DZYUDO”, “Qoʻl jang”, “Triatlon”, “Futbol” , “Yunon-Rum kurashi”, “Kombat aykido” “Voleybol” toʻgaraklarida hozirgi kunda jami 487 nafar oʻsmirlar muntazam shugʻullanishib respublika va xalqaro musobaqalarda munosib oʻrinlarni egallashmoqda.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati